Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida mamlakatdagi 25 ta manzil-koloniya bosqichma-bosqich qisqartirilishi, birinchi marta ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga berilgann jazo qisqartirilsa, u manzil-koloniyaga o‘tkazilmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri probatsiya nazoratiga olinishini ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida O‘zbekiston 2021 yilda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovini o‘tkazish masalasiga to‘xtaldi. «Biz o‘tgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchilarning tavsiyalarini milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz», — dedi davlat rahbari.
«Bizning ishimizdagi eng katta nuqson, bu — bilimlarning yetishmasligi va korrupsiya. Bu barcha sohalarda seziladi», dedi prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida. Davlat rahbari, shuningdek, kelgusi yilda byudjeti 3 trillion so‘m bo‘lgan «Mintaqaviy infratuzilmani rivojlantirish jamg‘armasini» tashkil etishni taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev Respublika jamoat xotin-qizlar kengashini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi va ushbu tashkilotga raisi sifatida Tanzila Narbayevani taklif qildi. Ayollarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va aniqlangan muammolarni hal qilish uchun byudjetdan qo‘shimcha ravishda 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi.
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari oxirgi 3 yilda qilingan parlamentga murojaatlarning lingvistik va kontent tahlilini o‘tkazib, ularni tasviriy ifodalovchi so‘zlar jamlanmasini tuzdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting